Buxoro viloyatida tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Buxoro viloyatida Damas rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 7 iyul kuni soat 05:25 larda Buxoro viloyati hududidan o‘tgan A-380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu avtomobil yo‘lining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi (1988 yilda tug‘ilgan Y.P.) Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.
«YTH natijasida Damas rusumli transport vositasi haydovchisi va 28 yoshli A.X. ismli yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan», deyiladi xabarda.
Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:31 / 30.11.2024
Peshku tumani hokimi o‘zgardi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024