Sotuvchi shahzoda Charlz bilan suhbatlashib turib hushidan ketdi (video)
Britaniya shahzodasi Charlz o‘z rafiqasi bilan Bristoldagi Asda distribyutorlik markaziga tashrif buyurganda erkak sotuvchilardan biri hushidan ketib qoldi.
Ushbu holat videosi YouTube’dagi The Royal Family Channel kanalida joylashtirilgan.
Qirollik oilasi a'zolari tashrif buyurgan markaz pandemiya vaqtida Britaniyani hayotiy muhim oziq-ovqat zaxirasi bilan ta'minlagan.
Markaz xodimlaridan biri shahzoda bilan suhbatlashayotgan vaqtda chayqala boshlab, keyin hushini yo‘qotib yiqilib tushgan. Shahzoda sotuvchini ushlab qolmoqchi bo‘lgan. Hushini yo‘qotgan sotuvchiga tezda yon-atrofdagilar yordamga kelgan. Erkak birozdan keyin hushiga kelgan va shahzoda u bilan suhbatni davom ettirgan.
Mavzuga oid
10:30 / 20.09.2024
O‘zbekiston va Britaniya bo‘lajak diplomatlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilishi mumkin
22:48 / 18.09.2024
Britaniyada kapalaklar kamayib ketayotgani tufayli «favqulodda holat» e’lon qilindi
13:12 / 18.09.2024
Buyuk Britaniyada qirollik fermasi uchun cho‘pon qidirilmoqda
13:20 / 16.09.2024