OAV to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Dronlardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
2019 yil 13 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4551-sonli qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentlik zimmasiga «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan holda yangi tahrirdagi loyihani ishlab chiqish vazifasi topshirilgan edi.
AOKA mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida xorijiy tajribani tahlil qilib, axborot sohasidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini tayyorladi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
«Barcha tahririyatlar, jurnalistlar, muassislar, mutaxassislar hamda axborot sohasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni ushbu havola orqali loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga chorlab qolamiz. Bildirilgan barcha taklif va tavsiyalar Agentlik mutaxassislari tomonidan sinchiklab o‘rganib chiqiladi hamda inobatga olinadi», deyiladi agentlik bosh direktori v.b. Dilshod Saidjonovning murojaatida.
Loyihada ommaviy axborot vositalari foto- va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha bo‘lgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod bo‘lmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
15:00 / 21.12.2024
Kun.uz'ning YouTube'dagi obunachilari soni 3 milliondan oshdi
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
21:29 / 01.10.2024