Yangiyer shahrida bir kunda 60 kishi karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi
13 iyul, dushanba kuni Yangiyer shahrida karantin qoidalariga amal qilmagan 60 nafar fuqaroga nisbatan 13 mln 380 ming so‘mlik ma'muriy jarimalar rasmiylashtirildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 13 iyul kuni Yangiyer shahri hokimligi, tibbiyot birlashmasi, IIB, FVB, SEOM, Milliy gvardiya hamkorligida «barcha kuch vositalarni jalb etgan holda karantin qoidalariga amal qilish holati o‘rganilgan».
Reydlar 8ta mahalla — «Obod yurt», «Binokor», «A.Jomiy», «Ma'rifat», «Shodlik», «Bobur», «Navro‘zobod», «T.Malik» MFYlarni qamrab olgan.
Ushbu tadbirlarga 18 nafar shifokor, 89 nafar patronaj xamshirasi, 18 nafar SEOM xodimi (dezinfeksiyalovchi), 25 nafar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, 35 nafar ichki ishlar va 12 nafar milliy gvardiya xodimlari, 1ta maxsus dezinfeksiyalovchi texnika, 3ta patrul avtomashinasi jalb etilgan.
«O‘tkazilgan tadbirlar davomida shahar bo‘yicha 20ta xonadonda yashovchi 72 nafar aholi qamrab olinib, fuqarolar bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida uyda tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar aniqlanmadi.
Karantin qoidalariga amal qilmagan 60 nafar fuqaroga 13 mln 380 ming so‘mlik ma'muriy jarimalar rasmiylashtirildi», – deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, DSENB Yangiyer filiali tomonidan 6ta tadbirkorlik sub'yektlarida reyd o‘tkazilgan va tadbirkorlar o‘z faoliyatlarini karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda tashkil etish bo‘yicha rasmiy ogohlantirilgan.
Qayd etilishicha, 13 iyul holatiga shahar bo‘yicha 2ta obekt karantinga olingan; uy sharoitida 63ta oila – 298 nafar shaxs kuzatuvga olingan. Yana 298 kishi statsionar karatinda bo‘lib turibdi.
Ma'lumot uchun, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, epidemiya tarqalgan vaqtda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024
Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
19:22 / 21.09.2024