Jamiyat | 14:39 / 15.07.2020
11009
1 daqiqa o‘qiladi

Somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlash shart emasligi ma'lum qilindi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning aytishicha, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshiruvchi vakolatli idoralar tomonidan somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlashni talab qilish asossiz.

Foto: Sputnik

«Somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlash shart emas. Kombinezon tez alanga olishi mumkin bo‘lgan materiallardan tikiladi. Shunday ekan, somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlashni talab qilish asossiz.

Tekshiruvchilardan ushbu talab qayd etilgan hujjatni ko‘rsatishni talab qiling. Bu sizning huquqingiz hisoblanadi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid