Qirg‘izistonda Covid-19 va zotiljam statistikasi birlashtirildi: qurbonlar soni 785taga yetdi
Qirg‘izistonda Covid-19 va kasalxonadan tashqari zotiljamga oid alohida yuritilayotgan statistika birlashtirildi. Statistika yuritishdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, ikkita kod kiritildi: U07.1 - Laboratoriyada PZR+ bilan tasdiqlangan Covid-19 va U07.2 - klinik-epidemiologik Covid-19 (kasalxonadan tashqari zotiljam).
Respublika shtabining xabar berishicha, statistika birlashtirilishi natijasida o‘tgan sutkada Covid-19 U07.1 va U07.2 ko‘rsatkichlari mamlakat bo‘ylab quyidagicha qayd etilgan:
Bishkek shahri - 613
O‘sh shahri – 67
Chuy oblasti – 272
O‘sh oblasti - 125
Talas oblasti – 76
Norin oblasti – 39
Issiqko‘l oblasti – 234
Jalolobod oblasti – 134
Botken oblasti – 94
Jami — 1654 holat.
Shu paytgacha Covid-19 yuqtirganlar soni 23 783 nafarga yetdi.
Kasalxonadan tashqari zotiljam hisobga olinganda Covid-19’dan vafot etganlarning sutkalik sonida ham o‘zgarish bo‘ldi:
Bishkek shahri – 33
Chuy oblasti – 7
O‘sh oblasti – 9
Talas oblasti – 2
Norin oblasti – 3
Issiqko‘l oblasti – 17
Jalolobod oblasti – 11
Botken oblasti – 1
Bir sutkada vafot etganlar soni: 83 nafar. Jami shu kungacha: 785 nafar
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024