Fuqaro Oliy sudni sudga berdi. U o‘z uyini va yetkazilgan zarar uchun 400 mln so‘m talab qilmoqda
Kun.uz saytida tergov va sud idoralarining noqonuniy qarori va hukmi sabab beayb fuqaro Rustam Kamalovning yashab turgan uyi tortib olingani va unga bugungi kunda Oliy sud egalik qilib kelayotgani yoritilgandi.
Oliy sud Rayosatining shu yil 7 mayda qabul qilgan qaroridan so‘ng, Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritdi.
Da'vogar o‘z arizasida javobgar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi egaligidan bir zamonlar qonunga xilof tarzda tortib olingan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadonni qaytarib olish, mansabdor shaxslarning o‘z haq-huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari oqibatida ko‘rgan zarari, xususan noqonuniy hukm ortidan uysiz qolib, 9 yil davomidagi ijara xarajatlari uchun 200 mln so‘m va ma'naviy zarar uchun 200 mln so‘m undirishni so‘ragan.
Ariza shu yilning 13 iyulida pochta orqali, javobgar joylashgan hudud bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga yuborilgan.
Da'vo ariza sud ish yurituviga qabul qilingan-qilinmagani hozircha noma'lum.
Eslatib o‘tamiz, Fuqarolik protsessual kodeksining 192-moddasiga ko‘ra sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran o‘n kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fuqaro Rustam Kamalov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘rtasidagi mojaroning to‘liq tafsilotlari bilan quyidagi maqolalar orqali tanishishingiz mumkin:
1-qism. Xatolik tufayli uyidan haydalgan fuqaro adolat istamoqda. Uyni esa Oliy sud o‘ziniki qilib olgan
3-qism. Senat va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz: «Oliy sud fuqaroning mulkini qaytarishi kerak»
Mavzuga oid
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
17:03 / 29.10.2024
Yevropaliklar uy-joyga pul to‘lash uchun oziq-ovqat xarajatlarini kamaytirishga majbur bo‘lmoqda - so‘rovnoma
19:20 / 21.10.2024
Toshkentda sudyalar uchun Germaniya va Sloveniya tashkilotlari hamkorligida seminar-trening boshlandi
18:15 / 14.10.2024