Ozarboyjon butun front chizig‘i bo‘ylab vaziyat keskinlashganini ma'lum qildi
Bokuning ma'lumot berishicha, 12 nafar ozarboyjonlik harbiy halok bo‘lgan. Armaniston to‘rt nafar askari halok bo‘lgani, o‘n nafar harbiy jarohatlanganini ma'lum qildi.
Ozarboyjon mudofaa vazirligi butun front chizig‘i (Qorabog‘) bo‘ylab vaziyat keskinlashganini va arman harbiylari og‘ir jarohatlanganini ma'lum qildi.
"Ozarboyjon va Armaniston chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Raqib frontning turli yo‘nalishlarida o‘qotar qurollar qo‘llab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzmoqda. Bo‘linmalarimiz raqibning front chizig‘idagi faolligini bartaraf etmoqda. Preventiv choralar natijasida Armaniston armiyasining ikki harbiy xizmatchisi og‘ir jarohatlandi", - dedi Ozarboyjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari polkovnik Vagif Dargyaxli.
Ozarboyjon-Armaniston chegarasidagi to‘qnashuvlar 12 iyuldan beri davom etmoqda.
Bokuning ma'lumot berishicha, 12 nafar ozarboyjonlik harbiy halok bo‘lgan. Armaniston to‘rt nafar askari halok bo‘lgani, o‘n nafar harbiy jarohatlanganini ma'lum qildi.
To‘qnashuvlarda har ikki tomon bir-birini ayblamoqda.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
22:04 / 03.09.2024