Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘lganini ma'lum qildi
Rossiyaning COVID-19’ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor bo‘ldi, dedi mamlakat mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Tsalikov «Argumenti i fakti» nashriga bergan intervyusida.
«Mutaxassislarimiz va Milliy tadqiqot markazining olimlari sinov natijalarini yakuniy baholashdan o‘tkazdilar. Ko‘ngillilarga javob berish paytida, koronavirusdan immunitet olgan ularning barchasi o‘zini yaxshi his qildi. Shu tariqa, yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi mahalliy vaksina tayyor», - dedi Tsalikov.
N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning klinik sinovlari iyun oyi o‘rtalaridan boshlab Sechenov universitetida hamda N.N. Burdenko nomidagi harbiy gospitalda o‘tkazildi.
Vaksinani ko‘ngillilarda o‘tkazilgan klinik sinovlari natijalariga Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, biologiya fanlari doktori, professor, tibbiy xizmat polkovnigi Sergey Borisevich izoh berdi.
«Olimlar hali katta hajmdagi tahliliy ishlarni bajarishi, yakuniy hisobotlarni tayyorlashi, natijalarni taqdim etishi, vaksina preparatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim. Ammo, hozir mavjud tahlil ma'lumotlari shuni tasdiqlaydiki, emlash natijasida ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi zarur antitanachalar aniqlandi, vaksina tarkibiy qismlari esa odamlar uchun xavfsiz va yaxshi qabul qilinadi», - dedi u.
Shuningdek, u organizmga koronavirusga qarshi immunitet beradigan antitanachalar vaksina yuborilganidan keyin uzoq vaqt davomida saqlanib qolishini aytdi. «Ebola bezgagiga qarshi ikkita va Yaqin sharq respirator sindromiga qarshi bitta vaksina ishlab chiqilgan platformaning imkoniyatlari emlashdan keyin hosil bo‘lgan himoya titrini uzoq muddat saqlashga imkon beradi», - dedi Borisevich.
Tadqiqotlar davomida qo‘zg‘atuvchini miqdoriy baholash metodologiyasidan foydalanildi, u 48-markaziy ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan, deya aniqlik kiritdi institut rahbari. Shuningdek, shifokorlar laboratoriya modelini qo‘lladilar, u dorilarning himoya samaradorligini baholash uchun kasallikning kechishini ko‘rishga imkon berdi.
Burdenko nomidagi gospitalda ko‘ngillilar uchun klinik sinovlar 18 iyun kuni boshlandi. Vaksinani qabul qilgan birinchi guruh 18 kishidan iborat edi. Ikkinchi guruhga preparat birinchi klinik tadqiqotlar natijalari keyingi tadqiqotlarga imkon berganidan bir necha kun o‘tgach berildi.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024