Qurbon hayitining birinchi kuni 31 iyulga to‘g‘ri kelishi ma'lum qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Zulhijja oyi qachondan boshlanishi haqida ma'lumot berdi.
Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hay'ati tomonidan hijriy 1441 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 2020 yil 22 iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e'lon qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020 yil 30 iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.
“2020 yil 31 iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, insha Alloh”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:34 / 19.07.2021
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
13:44 / 19.07.2021
Hayit namozi o‘rniga Zuho namozi. U qanday ado etiladi?
23:26 / 16.07.2021
Hayit namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi. O‘rniga uyda Zuho namozi o‘qish tavsiya etildi
19:41 / 13.07.2021