Oilaviy biznesga ishchilarni yollashga ruxsat berildi
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga hozirgi vaqtga qadar amalda bo‘lgan taqiq bekor qilindi
O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlik bilan ikki shaklda shug‘ullanish mumkin:
yuridik shaxs tashkil etgan holda – oilaviy korxona shaklida. Oilaviy korxonalar avvalboshdan ishchilarni yollashga haqli bo‘lgan («Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi 5-qismi);
yuridik shaxs tashkil etmagan holda – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan. Unda yakka tartibdagi tadbirkorlik oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi aks ettiriladi va birgalikda biznesni yurituvchi oila a'zolari ko‘rsatiladi. Bunda hozirga qadar doimiy ishchilarni yollash taqiqlangan edi (Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi).
Norma’ning yozishicha, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga oxirgi cheklovni bekor qilishga oid qo‘shimcha kiritildi. Endi oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari yuridik shaxs tashkil etmagan holda quyidagilarga haqli:
birinchidan, uch nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga. Aytaylik mazkur holatda Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ishchilarni yollagan holda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom qo‘llaniladi;
ikkinchidan, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini ishtirokchi sifatida jalb etishga haqli.
Qonun 22.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:59
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024