JSST gidroksixloroxinning koronavirusni davolashda samarasiz ekanini ma'lum qildi
Bezgakka qarshi dori vositasi – gidroksixloroxinning koronavirusni davolashdagi foydaliligi yirik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan. Bu haqda 29 iyulda JSST vakili Maykl Rayan ma'lum qildi, deya xabar bermoqda “Izvestiya”.
Rayanning ta'kidlashicha, kichik tadqiqotlarda gidroksixloroxinni qo‘llashda muayyan ijobiy samara kuzatilgan bo‘lsa-da, biroq barcha yirik tadqiqotlar ushbu dori vositasi qo‘llanishidan ijobiy natija ko‘rsatmagan.
JSST vakilining aytishicha, gidroksixloroxin “koronavirusga chalingan bemorlar holatini yaxshilamagani” haqida ilmiy tasdig‘ini topgan ko‘plab tibbiy isbotlar bor.
Ushbu vositaning koronavirusga qarshi samarasiz ekanini AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi ham tasdiqlagan. Shuningdek, AQShning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi gidroksixloroxinning koronavirusni davolashdagi xavfidan ogohlantirgan.
Avvalroq O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bo‘lim boshlig‘i Klara Yodgorova va immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva ham koronavirusni davolashda “Plakvenil” (gidroksixloroxin) dorisidan foydalanmaslik kerakligini aytgandi. O‘zbekistondagi so‘nggi davolash protokolidan ushbu preparat olib tashlangan.
Gidroksixloroxin bezgakka qarshi dori vositasi bo‘lib, undan ba'zi davlatlarda koronavirusni davolashda foydalanilgan. Iyunda JSST ushbu vositani koronavirusni davolashda dori sifatida qo‘llashni to‘xtatishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
15:54 / 07.09.2024