O‘zbekiston | 22:12 / 03.08.2020
6590
2 daqiqa o‘qiladi

«Bir million o‘zbek dasturchilari» tanlovining 6 nafar g‘olibidan 4 nafari – maktab o‘quvchisi» - XTV

O‘quvchilar tanlovda g‘oliblik bilan birga 3 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritishdi, deb xabar bermoqda XTV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, XTV, AKT vazirligi, IT Park hamda Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Bir million o‘zbek dasturchilari» tanlovida g‘olib bo‘lganlar Navoiy, Andijon, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridagi maktablarning 9-11 sinf o‘quvchilaridir.

Vazirlik saytida g‘oliblarning ro‘yxati keltirilgan:

– Abdumalik Qambarov – Navoiy v. Karmana t. 8-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi – qo‘lgan kiritgan mukofoti miqdori 1500 dollar;

– Acadbek Ruziyev – Toshkent sh. M.Ulug‘bek t. 225-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi – 500 dollar;

– Mabrurbek Hayitboyev – Andijon v. Bo‘ston t. 26-sonli umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi – 500 dollar;

– Jahongir Mannopov – Jizzax v. Do‘stlik t. 2-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi – 500 dollar;

«Ishtirokchilar IT va yangi texnologiyalar bo‘yicha tashabbuskorligi, boshqa ishtirokchilarni ruhlantirishi, ularga platformadan foydalanishda va o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda loyihaning Telegram guruhlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarida yordamiga ko‘ra baholandi. Shuningdek, baholash jarayonida ishtirokchilarning onlayn kanallardagi faoliyati, ya'ni xabarlarning sifati bo‘yicha hamda o‘zbek tilida yozilgan maqolalarining o‘ziga xosligi, foydaliligi, dolzarbligi, imlosi va tuzilishiga e'tibor qaratildi», deyiladi XTV xabarida.

Mavzuga oid