Jahon | 11:06 / 06.08.2020
23578
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda oktabr oyida prezidentlik saylovi o‘tkaziladi

Tojikistonda joriy yilda o‘tkazilishi belgilangan prezidentlik saylovining aniq sanasi ma'lum bo‘ldi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Bugun, 6 avgust kuni Tojikiston parlamentining ikki palatasi qo‘shma majlisida Tojikistonda navbatdagi prezident saylovining o‘tkazilish sanasi haqida qaror qabul qilindi. Qarorda saylov 2020 yil 11 oktyabrda bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Qo‘shma majlisni mamlakat parlamentining yuqori palatasi raisi Rustam Imomali olib bordi. Tojikistonda prezidentlik muddati 7 yil hisoblanadi va avvalgi prezident saylovlari 2013 yil 6 noyabrda bo‘lib o‘tgan edi.

Endilikda siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, So‘g‘d, Xatlon, Tog‘li Badaxshon viloyatlari va Dushanbe shahri davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodlarini ko‘rsatishni boshlashi mumkin.

Tojikiston prezidentligi uchun bundan avvalgi saylov 2013 yil 6 noyabrida o‘tkzailgandi. Bu lavozimni 1994 yildan buyon Imomali Rahmon egallab kelmoqda.

Mavzuga oid