Jahon | 21:13 / 08.08.2020
12746
1 daqiqa o‘qiladi

Bayrutda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 100dan ortiq kishi jarohatlandi

Bir guruh namoyishchilar Bayrutning Ashrafiya rayonida joylashgan tashqi ishlar vazirligi binosiga bostirib kirishgan.

Bayrutda namoyishchilar va kuch ishlatish tuzilmalari o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 109 kishi jarohatlandi. Bu haqda Livan Qizil xoch jamiyati xabar berdi.

"14 kishi shifoxonaga yotqizildi, 44 kishiga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", - deyiladi xabarda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bir guruh namoyishchilar Bayrutning Ashrafiya rayonida joylashgan tashqi ishlar vazirligi binosiga bostirib kirishgan.

Bayrutda hukumat iste'fosini va islohotlar o‘tkazilishini talab qilib minglab kishilar namoyishga chiqqan. Ular politsiyachilarga tosh va turli buyumlar uloqtirishmoqda. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llamoqda.

Mavzuga oid