Isroilda 1,5 million dollarlik himoya niqobi yaratildi
Isroillik zargarlar dunyodagi eng qimmat himoya niqobini yaratishdi. Niqob 18 karatlik oq oltindan tayyorlangan va minglab brilliantlar bilan bezalgan.
Ushbu niqob eng yuqori himoya darajasiga ega. Uning narxi taxminan 1,5 mln dollar turadi, deb Yvel zargarlik firmasi egasi Isaak Leviga tayanib ma'lum qilgan The Times of Israel nashri.
Himoya niqobi 3,6 ming dona oq va qora brilliantlar bilan qoplangan. Uning og‘irligi 240 grammni tashkil qilib, bu oddiy tibbiy niqob og‘irligidan taxminan 100 marta oshiqroq.
Niqob eng yuqori sifatdagi N99 filtri bilan jihozlangan.
Niqobni AQShda yashovchi xitoylik tadbirkor buyurtirgan. U qo‘ygan asosiy talablar shundan iborat bo‘lganki, antiqa niqob 2020 yil oxirigacha tayyor bo‘lishi va dunyodagi eng qimmat niqob bo‘lishi kerak bo‘lgan.