Masjidlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi kutilyapti
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan soha vakillari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda qo‘mita raisi Abdug‘afur Ahmedov masjidlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va hozirgi holati masalasiga alohida e'tibor qaratdi.
Jumladan, u masjidlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin talablari yumshatilgan taqdirda, har bir hududning epidemiologik holatini inobatga olib, sanitariya talablariga to‘liq amal qilgan holda masjidlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga bosqichma-bosqich ruxsat berish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.
O‘z navbatida, qo‘mita raisi hozirgi paytda respublikadagi masjidlarning mavjud holati to‘liq o‘rganib chiqilganini ham ma'lum qildi.
Videoselektor davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
07:25 / 13.06.2024
Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
13:06 / 10.05.2024
YHXX masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash maqsadida qator tavsiyalar bilan chiqdi
11:47 / 03.04.2024