O‘zbekiston | 12:43 / 10.08.2020
11689
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari «Xalqaro armiya o‘yinlari – 2020»ga yetib bordi

Xalqaro armiya o‘yinlariga ketish tayyorgarligi Chirchiq poligonida bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari «Xalqaro armiya o‘yinlari – 2020»ga yetib keldi. Bu haqda “Vatanparvar” gazetasi muxbiri Aziz Norqulov xabar bergan.

Qayd etilishicha, xalqaro armiya o‘yinlariga ketish tayyorgarligi Chirchiq poligonida bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov jamoaning har bir a'zosi bilan alohida suhbatlashdi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib, omad tiladi.

Moskva shahriga yetib kelgan, xalqaro armiya o‘yinlarida faqat faxrli o‘rinlarni egallashni maqsad qilgan harbiy xizmatchilar belgilangan hududlarga taqsimlandi, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid