O‘zbekiston | 20:39 / 15.08.2020
10937
3 daqiqa o‘qiladi

Farzandingizda kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, uni MTTga olib kelmang – MTV ota-onalarga murojaat qildi

Bugun, 15 avgustdan xususiy bog‘chalar qayta faoliyat boshlashiga ruxsat berildi. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi ota-onalarga murojaat qildi va ota-onalardan farzandlarining salomatligini nazorat qilishlarini so‘radi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Vazirlik ota-onalardan sanitariya qoidalariga rioya qilishni, ehtiyotkor bo‘lishni va ulardan farzandlarining sog‘ligini doimiy nazorat qilishni so‘ragan.

«Farzandingiz o‘zini yomon his qilsa, harorati ko‘tarilsa, yo‘tal paydo bo‘lsa, nafas olishi qiyinlashsa, ko‘krak sohasida og‘riq bo‘lsa yoki uyqusirasa, zudlik bilan shifokor maslahatini oling. Ayrim insonlarda Covid-19 virusining kam tarqalgan alomatlari: bosh og‘rig‘i, aksirish, mushaklardagi og‘riqlar, ich ketishi, hid va ta'm bilmaslik, terida toshma paydo bo‘lishi, qo‘l-oyoqlardagi barmoqlar rangi o‘zgarishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Farzandingizda kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, uni MTTga olib kelmang va MTT xodimlarini bundan xabardor qiling», deyiladi vazirlik murojaatida.

Shuningdek, Maktabgacha ta'lim vazirligi pandemiya davrida zarurat bo‘lmasa, MTTga bormaslikni tavsiya qilgan.

Murojaatda faoliyat boshlayotgan xususiy MTTlarda amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar ham eslatib o‘tilgan:

  • tana harorati 37 darajadan yuqori hamda koronavirus alomatlari bo‘lgan xodimlar va bolalar MTTga kiritilishi mumkin emas;
  • xodimlar tibbiy niqoblar taqib yurishi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalar hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari zarur;
  • MTT xonalari va hududi vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilinishi, kirish qismi esa pirometrlar, dezinfeksiya qiluvchi vositalar va gilamchalar bilan jihozlanishi kerak;
  • bolalar va xodimlar qo‘llarni yuvish yoki antiseptik vositalar bilan qayta ishlash jadvaliga rioya qilishlari kerak;
  • bolalarning taomdan oldin va keyin kamida 20 soniya mobaynida xodimlar nazoratida qo‘llarini yuvishi ta'minlanishi shart. Hojatxonaga borgach, o‘yinlar va sayrdan keyin ham bolalar qo‘lini yuvishi kerak;
  • imkoniyat darajasida bir guruhdagi bolalar sonini 15 nafargacha qisqartirish tavsiya etiladi, chunki, bir guruhdagi bolalarning tavsiya etilgan soni 15 nafardan ko‘p emas;

Mavzuga oid