Bartomeu: «Seten iste'foga chiqarildi»
«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub prezidenti Xosep Bartomeu «Tiempo de Juego» nashriga ma'lum qilgan.
«Seten iste'foga chiqarildi», degan Bartomeu qisqa qilib.
Ma'lum bo‘lishicha, «Barselona» bu borada ertaga rasman e'lon qiladi. 61 yoshli Seten yanvardan buyon «Barselona»ni boshqarib kelayotgandi. U Kataloniya klubi murabbiyligiga «Betis»dan kelgandi.
Ertaga Seten bilan birga klubning sport direktori Erik Abidalning ham iste'fosi e'lon qilinishi kutilmoqda. «Barselona» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida Maurisio Pochettino qaralmoqda. Klub u bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolashi aytilgan.
Shuningdek, Ronald Kuman, Massimiliano Allegri va Teri Anri ham «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024