O‘zbekiston | 08:29 / 17.08.2020
6064
4 daqiqa o‘qiladi

Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari ochiqlandi

Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini tasdiqlash mo‘ljallanmoqda.

Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini tasdiqlash mo‘ljallanmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qoidalar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar elektr energetikasi obektlari tarkibiga kiruvchi uskunalar, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, ekspluatatsiya qilish, ishlashini tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi korxonalar xodimlariga, shuningdek, elektr energetikasi obektlarida qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash hamda ta'mir ishlarini bajaruvchi xodimlarga taalluqlidir.

Qoidalarning talablari elektr energetikasi obektlarida amalda bo‘lgan yo‘riqnomalar va nizomlar, shuningdek, tashkiliy-boshqaruv hujjatlarda inobatga olinishi shart.

Korxonadagi va har bir ish joyidagi mehnat sharoitlari mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar, qoidalar va me'yorlar talablariga javob berishi kerak.

Korxona tomonidan jamoaviy shartnoma, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki ishchilarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvda belgilangan mehnatni muhofaza qilish uchun zarur miqdordagi mablag‘lar ajratilishi shart.

Korxona o‘zining tijorat va qonunchilik bilan ta'qiqlanmagan boshqa faoliyatidan olingan daromad (foyda) hisobiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘arma yaratishi mumkin.

Mehnatni muhofaza qilish xizmati funksiyasi xizmatlar bozorining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

Korxonaning barcha xodimlari, jumladan, rahbarlari o‘z kasbi va ish turi uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riq olishi, bilimi tekshirilishi va attestatsiyadan o‘tishi shart.

Korxonada xodimlar bilan ishlash ushbu korxonaning barcha rahbarlari va mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biridir.

Xodimlar bilan ishlash uchun javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Xodimlar bilan ularning toifasiga qarab ishlash shakllari Qoidalarning 1-ilovasidagi jadvalga muvofiq belgilanadi.

Yuqori turuvchi boshqaruv organlarining xodimlari va mutaxassislari quyi tashkilotlarning xodimlari bilan ishlashda ishtirok etishlari kerak.

Xizmat safariga yuborayotgan korxona xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarning malakasi bajariladigan ishlarga mosligiga, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi qoidalari, yo‘riqnomalar va boshqa ko‘rsatma hamda rahbariy hujjatlar talablarini bilishi va ularga rioya etishi uchun javobgardir.

O‘rindoshlik asosida ishlaydigan shaxslar bilan ishlash ularning asosiy va o‘rindosh kasb (lavozim)lari bo‘yicha to‘liq hajmda amalga oshirilishi kerak.

Qoidalarda belgilangan xodimlar bilan ishlash ish vaqtida (xodimlarni asosiy funksiyalarini bajarishdan ajratgan holda) amalga oshirilishi kerak.

Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar ishga layoqatliligini aniqlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida dastlabki (ishga qabul qilingan vaqtda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Zararli ishlab chiqarish omillari va ishlarning ro‘yxati, shuningdek, bu ishlarni bajarishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Rahbarlar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishlari shart.

Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlarida yoki tekshiruv natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya qilmaganlarida korxona rahbari ularni ishga qo‘ymaslik huquqiga ega.

Mavzuga oid