O‘zbekiston | 16:07 / 19.08.2020
84322
1 daqiqa o‘qiladi
Bekobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi
Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari o‘rinbosari 5000 AQSh dollari miqdorida pora olayotganida ushlangan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, IIB boshlig‘i qidiruvdagi ish bo‘yicha qidiruvdagi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishni aytib, 5000 dollar olmoqchi bo‘lgan.
Ayni damda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:01 / 26.06.2024
Bekobodda IIB binosidagi o‘lim holati bo‘yicha bir xodim qamoqqa olindi
19:14 / 21.06.2024