YeChL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi
YeChL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi http://tribuna.uz/91437
Yevropa Chempionlar Ligasida ikkinchi finalchi ham aniq bo‘ldi. Lissabondagi bir uchrashuvdan iborat yarimfinal o‘yinida «Lion»ni 3:0 hisobida yenggan «Bavariya» finalga yo‘l oldi. Birinchi bo‘limda Serj Gnabri tomonidan kiritilgan ikkita va o‘yin yakunida Levandovskiy urgan bitta gol myunxenliklarga g‘alaba keltirdi. «Bavariya» finalda Fransiyaning boshqa jamoasi «PSJ»ga qarshi o‘ynaydi. Final 23 avgust kuni Lissabonda o‘tkaziladi.
YeChL-2019/20
Bitta o‘yindan iborat yarimfinal
Lion – Bavariya 0:3
Gollar: Gnabri (18, 33), Levandovski (88).
Lion: Antoni Lopesh, Denayyer, Marselo, Marsal (Sherki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).
Bavariya: Noyyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretska (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutino, 75), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42).
Mavzuga oid
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
20:23 / 29.05.2024
Vensan Kompani – «Bavariya» bosh murabbiyi
09:29 / 27.05.2024
Lion metrosida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi
17:58 / 25.05.2024