«Ko‘p yillar davomida paxtamizdan foydani boshqalar ko‘rardi» - Prezident to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi «Metal Processing» mas'uliyati cheklangan jamiyatda tayyorlanayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.
«Umumiy qiymati qariyb 34 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha sanoatni mahalliylashtirish, import o‘rnini to‘ldirishda juda muhim ahamiyatga ega. Chunki to‘qimachilik texnologiyalari har besh yilda o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, detallari eskiradi yo buziladi. Ilgari oddiy qismlar ham chetdan olib kelinardi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
«Metal Processing» MChJda to‘qimachilik korxonalari buyurtmasi asosida dastgohlar uchun qoplama va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 12ta yirik tekstil majmuasi bilan hamkorlik o‘rnatilgan.
«Uzoq yillar davomida vaziyat shunday ediki, mashaqqat bilan yetishtirgan paxtamizdan foydani boshqalar ko‘rardi. Keyingi paytlarda uning yurtimizda qayta ishlash darajasi keskin oshdi. To‘qimachilik klasterlari paydo bo‘ldi. Ularning zamini - paxtani qayta ishlash. Buning uchun esa ilg‘or texnikalar, servislar kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Korxonada 85 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi. Shveytsariyaning «SkillSonics International AG» kompaniyasi bilan hamkorlik asosida metallga ishlov berishda jahon standartlaridan foydalanib kelinmoqda.
«Bunday korxonalarning «yuragi» - muhandis, konstruktorlar. Afsuski, bizda ko‘p zavodlarning shunday «yuragi» yo‘q. Aqlli mutaxassislarni topib, qo‘llab-quvvatlasak, mahalliylashtirishga katta hissa qo‘shadi», - deya ta'kidladi prezident.
Shu yerda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kafedralari bo‘limini ochib, amaliyotni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Kooperatsiya asosida buyurtmani ko‘paytirish, korxona rentabelligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
16:16 / 24.12.2024
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
09:27 / 24.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
13:58 / 20.12.2024