Namanganda fuqaroni o‘g‘irlab ketib, so‘ng unga bosqinchilik qilgan 6 nafar shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi (odam o‘g‘irlash) va 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) hamda 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 11 avgust kuni soat 16:00da 40 yoshli A.K., 39 yoshli R.K., 23 yoshli A.K., 35 yoshli B.B., 33 yoshli S.A. va 30 yoshli J.A. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Namangan shahri I.Karimov ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, shu yerda ishlovchi o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 28 yoshli Sh.Q.dan 95.000.000 so‘m qarzini berishni talab qilishib, hech bir sababsiz uni badanining turli joylariga qo‘li va oyoqlari bilan urib do‘pposlashgan.
Qayd etilishicha, so‘ng ular Sh.Q.ni “Jyentra” rusumli avtomashinaga yuklab, uni o‘g‘irlab Namangan shahri, Ziyonur ko‘chasida joylashgan qurilishi tamomlanmagan binoga olib borishib, u yerda Sh.Q.ga sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlab yonida bo‘lgan 5.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi (odam o‘g‘irlash) va 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) hamda 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar ushlanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
11:35 / 06.11.2024
18 yoshli xavfli retsidivist: Namanganda mashina olib qochgan o‘smir ozodlikdan mahrum qilindi
17:26 / 04.11.2024
Namanganda aholiga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 13 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
21:36 / 03.11.2024