Tramp Respublikachilar partiyasidan prezident lavozimiga rasmiy nomzod etib tasdiqlandi
AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens 2020 yilgi prezident saylovlariga rasmiy nomzodlar bo‘lishdi. Respublikachilar partiyasining Sharlott shahrida o‘tgan qurultoyida ko‘pchilik delegatlar ularning nomzodlarini qo‘llab-quvvatladi.
Tramp jiddiy raqobat yo‘qligi sababli partiya ichidagi praymerizlarning barchasida g‘alaba qozongan. Shu sababli uning nomzodini tasdiqlash jarayoni rasmiyatchilik bo‘lgan. U ikkinchi muddatga nomzod sifatida ilgari surilish uchun qurultoyda zarur ovoz to‘play oldi. Vitse-prezident lavozimiga nomzod amaldagi vitse-prezident Mayk Pens bo‘ldi.
Trampning noyabrda o‘tadigan saylovlar bo‘yicha bosh raqibi AQShning sobiq vitse-prezidenti Jozef Bayden bo‘ldi. U 19 avgustda Demokratik partiyadan rasmiy nomzod etib tanlangan. Bayden partiya qurultoyidagi nutqida Trampni, jumladan, uning koronavirusga qarshi kurashishini tanqid ostiga olgan. “Bizning amaldagi prezident millat oldidagi eng asosiy burchini bajara olmadi: u bizni himoyalay olmadi”, deb aytgan Bayden.
Demokratlardan vitse-prezident lavozimiga nomzod sifatida 55 yoshli Kamala Xarris tasdiqlandi. U ushbu lavozimga nomzodi ilgari surilgan birinchi qora tanli ayol bo‘ldi.
AQSh prezidenti saylovlari 2020 yil 3 noyabrda, prezident inauguratsiyasi esa 2021 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi
21:10 / 09.02.2022