«Faundeyshn – ta’lim tizimidagi yangi trend» - Cambridge International College asoschisi bilan suhbat
Faundeyshn. So‘nggi yillarda bu so‘z O‘zbekistonda ham ommalashmoqda va ko‘pchilik, ayniqsa yoshlarimiz faundeyshn nima, oliy ta’limmi, oliy ta’limga tayyorgarlikmi, uning nima afzalliklari bor, uni bitirib, qayerlarda o‘qisa bo‘ladi va shu kabi ko‘plab savollarga javob izlashmoqda.
Shu mavzuda Toshkentdagi Cambridge International College asoschisi Umidjon Ishmuhammedov bilan suhbatlashdik.
– Faundeyshn o‘zi nima?
– Faundeyshn so‘zi haqiqatan O‘zbekistonda ommalashib boryapti. Faundeyshn bu – baza, ya’ni fundament, u universitetning birinchi yiliga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston sharoiti bilan solishtirganda, Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Inha universiteti va TeAM universitetlarining birinchi yili faundeyshn deb ataladi.
Faundeyshn o‘zi aslida keyingi yilga tayyorlov hisoblanadi. Ya’ni faundeyshnda o‘rgatiladigan fanlar keyingi o‘quv yilida asosiy fanlar kirishni boshlaganda ular uchun asos bo‘ladi.
– CIC (Cambridge International college) nega aynan kollej deb nomlangan va faundeyshn ochilishiga nima sabab bo‘lgan?
– O‘zim ham Amerikada Georgia State University'ning Robinson kollejida o‘qiganman. Bu kollej universitet ichida bo‘lib, O‘zbekistonda fakultetga to‘g‘ri keladi. Ya’ni kollejda Biznes va IT (Information Technology) sohasini o‘qitganimiz sabab kollej deb nomladik, chunki kelajakda universitet ochish niyatimiz bor.
Shuningdek, kollejning ichida xalqaro miqyosdagi A level, IGCSE degan yo‘nalishlar bor. Talabalarimiz bu yo‘nalishlarni o‘qigandan keyin universitetga ko‘chirishlari va frilansing kabi sohalarda ishlashlari mumkin bo‘ladi.
CIC'ni ochish keyingi yilgi rejam edi. Ammo pandemiya sabab bu yil ochishga to‘g‘ri keldi. Mart oylarida xalqaro universitetlarga o‘qish uchun ketayotgan talabalarimiz bor edi. Yo‘llar yopilgani sabab biz «Pearson» ta’lim korxonasi bilan shartnoma tuzdik. Pirsonni tanlashimizga sabab ularning dunyo bo‘ylab 300dan ortiq universitetlar bilan shartnomasi borligi bo‘ldi. Pearson'ni sertifikatiga ega talabalar bakalavr darajasining ikkinchi yilidan xorijda o‘qishlari mumkin. Talabalarimiz Yevropa, Avstraliya, Amerikada o‘qishni xohlashmoqda. Bularni jamlash uchun ham Pirsonni tanladik. Talabalar birdan yutqazmasliklari uchun o‘qishni O‘zbekistonga olib keldik. Bu juda katta ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularning yillik aylanmasi 5 milliarddan oshiq.
– O‘tgan yillar davomida juda ko‘p faundeyshnlar ochildi. Ammo hammasidan ham ko‘ngil to‘lmadi. CICni boshqa faundeyshnlardan farqi nimada? Sizlarda sertifikat beriladimi yo diplom?
– Faundeyshnda universitet diplomi berilmaydi. Talaba CIC'ni tugatgach, unga «Pearson BTEC foundation» sertifikati beriladi. Biz tashkillashtirgan faundeyshnning boshqalardan farqi kim tashkillashtirayotganida bo‘ldi. Bizni O‘zbekistonga IDP IELTS ni olib kirgan tashkilot sifatida bilishadi. Bundan tashqari, Cambridge English Assessment, CELTA, GRE, TOEFL kabi tizimlarni olib kirganmiz. Bu qilgan ishlarimiz bo‘yicha hali muammoga uchramaganmiz.
CIC ni olib kirayotganimizda ham ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildik. Hozir ham reklama qilyapmiz, bu tizimda nima o‘qitilishini odamlarga tushuntiryapmiz. Hozir tadbirkor va ish so‘rovchi o‘rtasida katta bo‘shliq bor. Masalan, tadbirkor so‘rayotgan mutaxassis yo‘q yoki mutaxassis xohlayotgan tadbirkor yo‘q. Shularni hisobga olib, biz faundeyshn olib kirdik.
Aslida maqsad faqat faundeyshnni o‘qitish emas, Cyber security, Digital marketing kabi yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar tayyorlash. Oxirgi vaqtlarda banklarga hujumlar ko‘paydi. Bu yerda Ciber security'ni o‘qigan talabalarga ehtiyoj bor. Shuningdek, autsourcing kabi yo‘nalishlar uchun ham bizda talab bor. Talab bo‘lgandan keyin bu yo‘nalishlarni olib kirish, olib kirgandan keyin o‘qitish kerak. Juda ko‘p yoshlarimiz O‘zbekistonda turib, chet el uchun ishlashmoqda.
Bir viloyatga taqdimot qilish uchun borgandim. Shunda bir katta yoshli kishi kelib, men tushuntirayotgan ma’lumotlar unga notanish ekanini aytdi va bu ma’lumotlarni viloyatga kelib tushuntirishdan maqsadim nima ekanini so‘radi. Shunda men o‘zbek fuqarosi peshonasidan gasterbayter degan yozuvni olib tashlash, deb javob berdim. Buni eshitgan kishi yig‘lab yubordi va farzandini nima qilib bo‘lsa ham o‘qitishini aytdi. Bizning ham maqsadimiz aslida shunday: oliy ma’lumotlilarni ko‘paytirish.
– CIC sertifikati bilan xalqaro universitetlarning O‘zbekistondagi filiallariga kirish mumkinmi?
– Albatta, mumkin. Biz hozir Turin Politexnika universiteti va TeAM universitetlari bilan shartnoma tuzdik, Vebster universiteti , Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti va boshqa universitetlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bizda o‘qigan talabalarning xalqaro universitet filiallariga transfer qilish imkoniyatlari bo‘ladi, ular bizda bir yil yaxshi o‘qib, ikkinchi yilni xorijiy universitet filiallarida davom ettirishlari mumkin.
Lekin ularda ham belgilangan kvota bor. Talabaning maqsadi ham kvotaga kira olish bo‘lishi kerak. MIT (Massachusets Institute of Texnology)da ham Pirsonning kitoblarini qabul qilishadi. Demak, talabalarda u yerga ham topshirish imkoniyati bo‘ladi. Bu yerda 20 mingtacha hujjat topshiriladi va 2 mingtasini saralab olishadi. Talaba juda yaxshi bilimga ega bo‘lib, intervyuni yaxshi topshirsagina qabul qilinadi.
– CICga kirish uchun qanday talablar qo‘yiladi, ichki imtihonlar bormi?
– Abituriyent maktab, kollej, litseyni bitirgan va IELTSdan kamida 5,5 ball olgan talaba to‘g‘ridan to‘g‘ri kollejimizga qabul qilinadi. Hozirda biz 800 talaba qabul qilamiz, lekin kelib tushgan arizalar soni 1710ta. Shulardan ham eng yaxshilarini tanlab olamiz. Masalan, IELTSdan 5 ball olgan abituriyentlar intervyu qilinadi. Bunda abituriyentning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi ham muhim rol o‘ynaydi.
Yana bir muammo – pandemiya sabab viloyatda qolib ketgan talabalar bo‘lib turibdi. Ularning ba’zilari IELTSni ham topshirolmadi. Shuni hisobga olib, biz ingliz tilidan ichki imtihon o‘tkazyapmiz. Ular ichki imtihonni topshirgandan keyin CICda o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
– Ichki imtihon onlayn bo‘ladimi?
– Yo‘q, ichki imtihon binoga kelib topshiriladi. Hozirda imtihonlar filiallarimizda 10tadan abituriyent ishtirokida tashkillashtiriladi.
– Kontrakt puli qancha va u nimalarni ichiga oladi?
– Bir yil uchun kontrakt 25 million so‘m. Buni ikkiga bo‘lib, 12,5 million so‘mdan to‘lash mumkin. Pandemiya sabab birinchi semestr barcha xalqaro universitetlarda onlayn o‘qitish rejalashtirilyapti. Shuni hisobga olib, barcha talabalarga 1-semestr uchun 30 foiz chegirma qilindi.
– Onlayn ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelgandi. CIC'da bunday muammolar ham hisobga olindimi?
– Buni hisobga olib, biz onlayn tizim tashkil qilyapmiz. Tizimda har bir dars video shaklida yuklab boriladi. Internet yo‘qligi yoki boshqa sabab bilan darsga qatnasholmagan talaba video darsni keyinroq ko‘rib olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u yerda talaba mavzu yuzasidan savollar berib, javob olishi mumkin bo‘ladi.
– Ta’lim qaysi tilda olib boriladi?
– Sentyabrdan boshlanadigan ta’limimiz ingliz tilida bo‘ladi. Ammo abituriyentlarning 10 foizga yaqini ingliz tilini biladi xolos. Shuning uchun biz «Khan Academy» bilan hamkorlikda kitoblarni tarjima qilishni boshladik. Maqsad – ingliz tilini bilganlarnigina o‘qitish emas, maqsad – ingliz tilidagi bilimlarni o‘zbek tilida o‘qitib bo‘lsa ham talabalarni bilimli qilish. Shuning uchun sentabrda o‘zbek tilida ham ta’limni yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapmiz.
– O‘qish qancha davom etadi? Hozircha diplom bermaymiz dedingiz, demak, keyinchalik universitet ochish rejangiz ham bor.
– Biz hozir xalqaro universitet ochish uchun Level 6 – bakalavrning 4-yilini beruvchi universitet roziligini kutyapmiz. Bu darajani olish uchun bir qancha universitetlarga chiqdik. Lisenziya asosida buni ham tashkillashtirish niyatimiz bor.
Faundeyshn oktyabrdan iyungacha davom etadi. 1-semestr oktyabrdan dekabrgacha, 2-semestr esa dekabrdan iyungacha davom etadi.
– CIC nega aynan iqtisodiyot universitetida tashkil qilingan?
– Iqtisodiyot universitetini tanlaganimizning birinchi sababi – Toshkentning markazida joylashganligi bo‘lgan. Ikkinchi sabab – universitet hududining chiroyli ekani bo‘ldi. Hozirda Turinda IT fakultetini ham tashkil etish niyatimiz bor.
Bundan tashqari, o‘zimizning bino ham qurilyapti. Binomiz – Novza masjidi ro‘parasidagi 5 qavatli bino. Binoni dekabrgacha bitirib olish niyatimiz bor.
– CIC'dagi o‘qituvchilar haqida gapirib bersangiz. U yerda kimlar dars beradi?
– Bizga juda ko‘p o‘qituvchilardan CV' lar kelib tushgan. Asosiy maqsadimiz – juda yaxshi o‘qituvchilarni tanlab olish. Shulardan biri – Ozarboyjonda Big four kompaniyasida ishlagan tajribali o‘qituvchi Cyber security bo‘yicha dars o‘tib berishi rejalashtirilyapti.
Shuningdek, biznes va dasturlash sohasida ham xalqaro tajribaga ega o‘qituvchini jalb qildik. Yana bir malayziyalik 6 yillik tajribaga ega o‘zbek o‘qituvchisi Artificial intelligent (sun’iy intellekt) sohasidan dars berishi rejalashtirilgan.
– O‘qituvchilar qancha oylik oladi?
– Bitta darsga 45 dollar to‘lanadi. Oyiga 2-3 ming dollarga boradi.
– CIC'da grantga topshirishning iloji bormi?
– Bor. 10 foiz grant ajratdik, 800ta o‘quvchining 80 nafari grantda o‘qishi mumkin. Maqsadimiz – grantlarni eng zo‘rlar yutishi kerak.
Buning tartibi quyidagicha bo‘ladi: grantga kirib o‘qiyotgan talaba yaxshi o‘qimasa, 1 yildan keyin grant ololmasligi mumkin. Agar biz 2– yilni ham tashkil qilsak, eng yaxshi o‘qigan o‘quvchilarning top-10taligi qatorida bo‘ladi. Natijada bolalar grantga harakat qiladi, kurash boshlanadi. Kurash boshlansa, sifat ham oshadi. O‘zimizda hozircha uchinchi kursgacha o‘qitish darsliklari bor.
– Frilans atamasi O‘zbekistonda faol qo‘llanmoqda. Tushunishimizga ko‘ra, CIC biznes va IT'ga ixtisoslashgan. Bu yerni bitirgan talabalar autsorsing tarzida ishlashlari mumkin. Nega aynan frilans va autsorsingga ixtisoslashgan faundeyshn ochdingiz?
– Chunki hozir bunga talab katta. Pearson'da bog‘chadan to universitetgacha qamrab oladigan dasturlar bor. Biz ham shundan ko‘rib, bir-ikkita zinani bosib o‘tyapmiz. Biz o‘qitayotgan sohalar bilan talaba diplom olmasdan ham frilansing yoki raqamli marketingda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
CIC faundeyshnini ko‘rgan xalqaro universitetlar bu fanlar ularda ikkinchi, uchinchi kurslarda o‘tilishini aytishdi. Ya’ni faundeyshnda o‘qitilayotgan fanlar juda kuchli fanlar hisoblanadi.
– CIC'da Work & Travel ham bormi?
– Work & Travel birinchi kursni tugatib, Amerika, Germaniya davlatlariga borib, ham ishlab, ham sayohat qilish dasturi hisoblanadi. O‘zbekistonda bu bilan kollej yoki universitetlar shug‘ullanmaydi. Biz ham shug‘ullanmaymiz. Lekin talabaning o‘zi mustaqil ravishda bu dasturlarga topshirishi mumkin, chunki bizda ingliz tilida dars o‘tiladi.
Shuningdek, talabada universitetdan taklif qog‘ozi bo‘lishi kerak, ya’ni talaba uch oylik Work & Travel'dan keyin o‘qishini qayerda davom ettirishini ko‘rsata olishi kerak.
Murojaat uchun:
(998) 99 086 9000
(998) 99 087 9000
Vebsayt: www.cambridge.uz
Telegram: t.me/cambridgeic
Instagram: instagram.com/cambridgeic
Facebook: facebook.com/cambridgeic
Manzil: Afrosiyob 16, Toshkent, O‘zbekiston, 100015
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
14:33 / 21.11.2024