O‘zbekiston | 08:03 / 28.08.2020
31958
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazirning sobiq maslahatchisi yangi lavozimga tayinlandi

Komil Rashidov TIV Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshladi.

Komil Rashidov Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda TIV xabar berdi.

U bunga qadar bosh vazirning maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Komil Rashidov bundan oldin O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq, O‘zbekiston bosh vaziriga yangi maslahatchi tayinlangani xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi elchixonasining Moskva shahridagi bosh konsuli lavozimida ishlab kelayotgan Mehriddin Xayriddinov O‘zbekiston bosh vaziriga maslahatchi bo‘ldi.

Mavzuga oid