O‘zbekiston | 08:03 / 29.08.2020
13237
2 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahar SEOM rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Urganch shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi  (SEOM) rahbari Z.Q. o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste'mol qilib, xizmat vakolatidan foydalangan holda noqonuniy ravishda shaxsiy boylik orttirish rejasini tuzdi.

Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qassobchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bo‘lgan, Urganch tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, kelgusida tadbirkorlik faoliyatining soliq organlari tomonidan tekshirilmasligini ta'minlab berishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 300 000 so‘m pul talab qilgan.

Qayd etilishicha, Z.Q. joriy yilning 25 avgust kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida talab qilgan summadagi pulni olayotgan paytida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid