O‘zbekiston | 12:33 / 31.08.2020
11560
2 daqiqa o‘qiladi

«Boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olgan» – Prezident so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik siyosati haqida gapirdi

O‘zbekiston hozirgi murakkab sharoitga qaramasdan, zimmasiga olgan barcha xalqaro majburiyatlar va kelishuvlarni to‘liq bajarib kelmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

«Taraqqiyot kushandasi bo‘lmish illat – korrupsiyaga qarshi mamlakatimizda keng ko‘lamda kurash olib borilmoqda. Shu borada yangi tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etganimiz bu masalaning dolzarbligi va doimiy e'tiborimizda bo‘lishidan dalolat beradi.

Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olganini bugun yana bir bor ta'kidlamoqchiman.

Barchangiz xabardorsiz, hozirgi murakkab sharoitga qaramasdan, biz zimmamizga olgan barcha xalqaro majburiyatlar va kelishuvlarni to‘liq bajarib kelmoqdamiz. Xorijiy sheriklarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni faol rivojlantirmoqdamiz», dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident koronavirusga qarshi kurashda amaliy ko‘mak bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Yaponiya va boshqa hamkor davlatlarga o‘zbek xalqi nomidan tashakkur izhor etdi.

Mavzuga oid