Jahon | 07:40 / 31.08.2020
4145
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston xalqaro aviaaloqaga taqiqlovni yana bir oyga uzaytirdi 

Foto: TASS/Yegor Aleyev

“Turkmaniston havo yo‘llari” aviakompaniyasi pandemiya ortida barcha xalqaro parvozlarga kiritgan taqiqlovni 30 sentyabrgacha uzaytirdi. Bu haqda aviakompaniya saytida ma'lum qilindi.

Ashxoboddan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin va Bangkokga va ortga reyslar bekor qilingan.

Ta'kidlanishicha, avvalroq sotib olingan chiptalar 2021 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi. Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari mablag‘lar qaytarilishi uchun ariza rasmiylashtirishlari yoki parvozlar yo‘lga qo‘yilishini kutib, chiptalarni o‘zlari uchun qulay boshqa reysga almashtirishlari mumkin bo‘ladi. 

Turkmanistonda koronavirusga chalinish holatlari rasman qayd qilinmagan bo‘lsa-da, mamlakatda niqob taqish rejimi va bir qator cheklovlar amal qilmoqda.

Mavzuga oid