Atirauda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketilib, undan 500 ming tenge talab qilindi
Qozog‘istonning Atirau shahrida ikki noma'lum shaxs O‘zbekiston fuqarosini zo‘rlik bilan ushlab turgan. Bu haqda ATPress.kz nashri xabar bergan.
Ma'lum vaqtdan keyin o‘zbekistonlik 500 ming tenge (1200 dollar atrofida) olib kelish sharti bilan qo‘yib yuborilgan.
Jabrlanuvchi ozodlikka chiqqach, tezda navbatchilik qismiga murojaat qilgan. Gumonlanuvchilar politsiya va milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ikkala tovlamachining shaxsi o‘rnatilgan. Ular Atirauning 1983 yilda tug‘ilgan va Jilio‘y tumanining 1979 yilda tug‘ilgan fuqarolari bo‘lib chiqqan.
Qo‘lga olinganlardan biri bir necha marta sudlangan bo‘lgan. Hozirda u tergov izolyatoriga joylashtirilgan, uning sherigi esa uy hibsiga olingan.
Hozirda ushbu jinoyat yuzasidan “Tovlamachilik” moddasi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilar buzg‘unchi diniy oqim a'zolari bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024