O‘zbekiston | 22:31 / 02.09.2020
16708
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Hasanov Otabek Abdirashidovich O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Musayev Amirtemurxon Fatixovich agentlik direktorining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Otabek Hasanov shu kunga qadar agentlikning Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Otabek Hasanov

U 1985 yilda Olmaliq shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavriatini, 2008 yilda O‘zMU magistratura bosqichini, 2013 yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Siyosiy fanlar bo‘yicha PhD doktori.

Amirtemurxon Musayev esa shu kunga qadar Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Amirtemurxon Musayev

U 1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent texnika universitetini tamomlagan. 2015 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Ma'lumot uchun, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga; direktor o‘rinbosari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Ma'lumot uchun, DXRAga davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosat amalga oshirilishini ta'minlash, milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish, davlat xizmatchilarining ish beruvchilar oldidagi manfaatlarini himoya qilish kabi vazifalar yuklatilgan.

Mavzuga oid