O‘zbekiston | 15:19 / 03.09.2020
102054
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning arxivdagi suratlari namoyish etildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Islom Karimov vafot etgan sana — 2 sentabr har yili Birinchi Prezident Xotira kuni sifatida yod etiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25 yanvar kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarorda belgilab qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik ayyomining 29 yilligiga bag‘ishlangan nutqida Birinchi Prezident boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzuni amalda ta'minlagan olamshumul voqea ekanini ta'kidlagan.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida saqlanayotgan foto hujjatlar taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, 1991 yil 31 avgustida Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e'lon qilgandi. 1991 yil 29 dekabrida o‘tkazilgan umummilliy saylovda u O‘zbekiston prezidenti etib saylangan.

Karimovning xotirasini abadiylashtirish uchun 2017 yil 31 avgustida Oqsaroydagi qarorgohda uning birinchi haykali ochilgan.

2017 yil 2 sentyabrida birinchi prezident uchun yodgorlik Samarqandda ochilgan, 2018 yil 30 yanvarida – Qarshida, 2018 yil 18 oktyabrida Moskvada ochilgan.

Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroporti, Farg‘ona san'at saroyi va Asakadagi avtomobil zavodiga, shuningdek, ko‘plab ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilgan.

Mavzuga oid