Jahon | 14:09 / 03.09.2020
14484
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko xavfsizlik kengashi va DXQ rahbarlarini almashtirdi

 Davlat xavfsizlik qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Valeriy Vakulchik xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.

Vakulchik (chapda) Xavfsizlik kengashiga, Tertel Xavfsizlik qo‘mitasiga rahbar bo‘ldi Foto: BELTA/TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. Bu haqda "Pul pervogo" Telegram-kanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ilgari davlat xavfsizlik qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Valeriy Vakulchik xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.

U Andrey Ravkovning o‘rnini egallagan.

Davlat nazorat qo‘mitasini boshqargan Ivan Tertel esa DXQ rahbarligiga tayinlangan.

Mavzuga oid