Jahon | 11:35 / 05.09.2020
6995
1 daqiqa o‘qiladi

JSST rahbari «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarzining oldini olish mumkinligini ma'lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesusning ta'kidlashicha, mamlakatlar COVID-19’ga qarshi kurashda to‘g‘ri choralarni ko‘rsa, unda koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tufayli qayta o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga duch kelinmasligi mumkin.

Tedros Adanom Gebreyyesus / Foto: Picture Alliance

JSST rahbari o‘zini o‘zi yakkalash rejimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vosita deb atadi, u ko‘plab davlatlarda og‘ir oqibatlarga olib keldi.

«Maqsadli va yaxshi o‘ylangan chora-tadbirlarning to‘g‘ri aralashuvi bilan kelajakda o‘zini o‘zi yakkalash rejimining oldini olish mumkin», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ba'zi mamlakatlar har qanday yangi o‘choqlarga tezkorlik bilan javob qaytarishga tayyorlikni saqlab qolib, asta-sekin va xavfsiz tarzda ochila boshladi.

Mavzuga oid