Jahon | 01:24 / 05.09.2020
18673
2 daqiqa o‘qiladi

Organizmda koronavirusga qarshi antitanalar qancha vaqt qolishi mumkinligi aniqlandi  

Islandiyalik olimlar koronavirusni boshdan o‘tkazgan odam organizmida virusga qarshi antitanalar qancha vaqt qolishini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Tajribada Islandiyaning 30 mingdan ko‘proq fuqarosi qatnashgan.  

Foto: Getty Images

Natijada koronavirusga qarshi antitanalar organizmda kamida 4 oy davomida bir me'yorda qolishi aniqlangan. Bu esa virusni boshdan o‘tkazgan odam tez orada unga yana qayta chalinishi mumkinligi haqidagi taxminni inkor etadi.

Aniqlanishicha, antitanalar miqdori kasallikka chalingandan taxminan 2 oy ichida oshib boradi, so‘ngra yana 4 oy davomida barqaror darajada qoladi.

Ta'kidlanishicha, koronavirusni boshdan o‘tkazgan keksa yoshlilarda antinalar miqdori yuqoriroq bo‘ladi. Tadqiqotda ishtirok etganlardan uchdan bir qismida infeksiyaning hech qanday alomati kuzatilmagan. Biroq, qoidaga ko‘ra, bunday odamlarda antitanalar miqdori past darajada bo‘lishi mumkin.

Olimlar organizmdagi antitanalar miqdori qayta kasallanishning oldini olish uchun yetarli bo‘lishi-bo‘lmasligini ma'lum qilishmagan. Ammo tibbiy statistikaning ko‘rsatishicha, qayta kasallanish holatlari soni juda ozni tashkil qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, koronavirusga tahlil olishda qondagi antitanalar miqdorini o‘lchash burun yoki halqumdan surtma olishdan samaraliroq hisoblanadi.

 

Mavzuga oid