Jahon | 00:00 / 06.09.2020
5901
2 daqiqa o‘qiladi

Fond bozori qulashi oqibatida Maskning boyligi qariyb 10 mlrd dollarga kamaydi

Foto: Reuters

Aksiyalar narxi tushishi natijasida boshqa milliarderlar ham yo‘qotishlarga uchradi. Xususan, Amazon asoschisi Jyeff Bezosning boyligi 5,8 mlrd dollarga —193,5 mlrd dollargacha kamaydi.

Hafta yakunlariga ko‘ra Tesla bosh direktori Ilon Maskning boyligi  9,9 mlrd dollarga kamaydi, deb xabar berdi Forbes USA. Bunga yirik texnologiya kompaniyalari aksiyalari narxining tushishi sabab bo‘ldi. Real-Time reytingiga ko‘ra, Maskning boyligi 87,9 mlrd dollar deb baholanmoqda.  

Hafta boshida Tesla aksiyalari bo‘linishi tufayli Maskning boyligi miqdori o‘sgandi. 31 avgust kuni bitta aksiya beshga bo‘lindi. Natijada narxi 2200 dollar bo‘lgan aksiya narxi 450 dollar etib belgilandi. O‘sha kuniyoq aksiya narxi 490 dollarga ko‘tarildi. Buning ortidan Maskning boyligi bir kunda 8,2 mlrd dollarga ko‘payib, 100,7 mlrd dollarga yetdi.

Ammo 3 sentabr kuni yirik kompaniyalar aksiyalari narxi tushishi tufayli  Nasdaq indeksi 5 foizga pasaydi. Apple aksiyalari narxi 6,2, Facebook —4, Amazon —5,2, Tesla — 8,3 foizga arzonlashdi.  

Aksiyalar narxi tushishi natijasida boshqa milliarderlar ham yo‘qotishlarga uchradi. Xususan, Amazon asoschisi Jyeff Bezosning boyligi 5,8 mlrd dollarga —193,5 mlrd dollargacha kamaydi.

Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning boyligi 4 mlrd dollarga kamaydi. Uning boyligi 103,8 mlrd dollar deb baholanmoqda.

 

Mavzuga oid