Jahon | 20:18 / 08.09.2020
17446
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp nima uchun himoya niqobi taqmasligi ma'lum qilindi

Donald Tramp pandemiya boshlanganidan buyon odamlar oldiga faqat bir marta niqob taqib chiqqan.

AQSh prezidenti Donald Tramp muntazam ravishda koronavirusga tekshirib turilgani uchun niqob taqmaydi. Bu haqda Oq uy apparati boshlig‘i Mark Midous ma'lum qildi.

"Prezident Amerikada virusga eng ko‘p tekshiriladigan inson. Undan keyingi o‘rinda men bo‘lsam kerak. Siz niqobni o‘zingizni emas, atrofingizdagilarni himoya qilish uchun taqasiz. Shu bois prezident niqob taqishi uchun zaruriyat ko‘rmayapman", - dedi u.

Tramp pandemiya boshlanganidan buyon odamlar oldiga faqat bir marta niqob taqib chiqqan.

Avvalroq u niqob taqishni yomon ko‘rishini, prezident sifatida niqobda ko‘rinish o‘ziga yoqmasligini aytgandi.

Mavzuga oid