O‘zbekiston | 10:29 / 10.09.2020
32132
1 daqiqa o‘qiladi

Chet elga chiqishda «taqiq» borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi

Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan sayt orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin.

Pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigiyenik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati bo‘lmasligi lozim.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga «taqiq» quyilishiga sabab bo‘ladi.

«Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mib.uz rasmiy sayti orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin.

Mazkur saytda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda Payme, Click, Upay va boshqa to‘lov tizimlari orqali to‘lash imkoniyati yaratilgan», - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid