JSST dunyo bo‘ylab global karantin yana qaytishi mumkinligini aytdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tedros Adanom Gebreysus dunyo bo‘ylab yana karantin kiritilishi mumkinligini aytdi.
“Biz insonlar hayotlarini, iqtisodiyotni yo‘qotdik. Jahon iqtisodiyoti tushkun vaziyatda, jamiyatda parokandalik yuz berdi va Yevropa bundan istisno emas. Ko‘plab davlatlaringiz pandemiyadan aziyat chekmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST rahbari tashkilotning Yevropa byurosi sessiyasida.
Uning ta'kidlashicha, hozirda kunlik kasallanish holatlari soni mart oyidagi eng yuqori darajadagidan ham ko‘proq, biroq o‘lim holatlari yaqin istiqbolda past darajada qoladi. “Biroq har bir o‘lim – fojia. Agar biz virus tarqalishiga qarshi turmasak, unda odamlar halok bo‘laveradi. Jahon iqtisodiyotiga qimmatga tushgan to‘liq karantinning yana kiritilishi xavfi bor”, deb aytgan Gebreysus.
JSSTning Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge Yevropada kuzda koronavirusdan o‘lim darajasi oshishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
“Vaziyat jiddiylashadi. Oktabr-noyabrda o‘lim darajasi oshishi mumkin, deb taxmin qilmoqdamiz”, deb aytgan Klyuge.
Avvalroq so‘nggi sutkada dunyoda rekord darajada kunlik kasallanish – 307,9 mingta holat qayd etilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024