Olimlar koronavirusning ta'sirini yo‘qqa chiqaruvchi oqsilni topishdi
Gap koronavirusga qarshi antitanalardan 10 marta kichikroq bo‘lgan oqsil birikmasi haqida bormoqda. U koronavirusga qarshi vositani yaratishda qo‘llangan.
AQShning Pitsburg universiteti olimlari kam dozada ham koronavirus ta'sirini butkul yo‘qqa chiqaruvchi oqsilni aniqlashdi.
Ushbu oqsil antinanadan 10 marta kichikroq bo‘lib, u koronavirusga qarshi Ab8 vositasini ishlab chiqishda qo‘llangan. Tadqiqotlar davomida Ab8 sichqon va olmaxonlarda (xomyak) koronavirusning oldini olishda va davolashda juda samarali ekani aniqlangan.
“Molekulaning mitti o‘lchamdaligi uning to‘qimalarga kirishib ketish [diffuziya] imkoniyatini oshiradi. Bu esa virusni yaxshiroq neytrallashga yordam beradi va vositani ingalyatsiya usulida kiritish imkonini beradi. Vosita inson hujayralari bilan birikmaydi va bu ikkilamchi salbiy ta'sirlarni minimallashtirish imkonini beradi”, deyilgan tadqiqotda.
Oqsil birikmasi koronavirusning S-oqsili bilan aloqaga kirisha oluvchi 100 mlrdta molekulani tezkor tahlil qilish usuli bilan topilgan. Koronavirus aynan S-oqsili yordamida organizmga kiradi.
Oqsil birikmasi immunoglobulin bilan qo‘shilganda Ab8 hosil bo‘lib, u antitana funksiyasini oladi.
Ab8 laboratoriya jonzotlarida eng kichik dozada ham virus zarralari miqdorini 10 marta kamaytirgan.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023