Piskent tumani «to‘rtligi» ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan olindi
Toshkent viloyatining Piskent tumanida to‘rtta sektor rahbari almashdi.
15 sentabr kuni Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Rustam Xolmatov so‘zga chiqib, keyingi vaqtlarda Piskent tumanini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, shuning barobarida, amalga oshirilgan bir qator loyihalar bo‘yicha fikr bildirdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tan olgan holda o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, tuman prokurori Rustam Musoyev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Shahzodxon To‘raxonov hamda soliq inspeksiyasi rahbari A. Abduvaliyev ham ishdan olingan.
Sessiya davomida Rahimjon Rixsiyev tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bungacha u Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Rahimjon Rixsiyev 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma'lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat moliya institutini, 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.
Sessiyada yangi tarkibda ish boshlagan sektor rahbarlari tanishtirilgan. Jumladan, Alisher Jo‘rayev – tuman prokurori, Shuhrat Meliyev – IIB boshlig‘i, Jasur Sayfiyev – DSI boshlig‘i etib tayinlangan.
Mavzuga oid
18:56 / 16.01.2023
Sobiq vazir o‘rinbosari Piskent tumaniga hokim bo‘ldi
20:22 / 03.11.2022
Piskent hokimi 1 trln so‘mga yer olgani bo‘yicha viloyat hokimiga tushuntirish berdi
16:00 / 03.11.2022
Piskent tumani prokurorining yordamchisi 1500 dollar bilan ushlandi
11:24 / 10.06.2022