Jahon | 20:33 / 16.09.2020
3241
1 daqiqa o‘qiladi

BMTda turizm sohasi pandemiya sababli 460 milliard dollar yo‘qotgani ma'lum qilindi 

Koronavirus pandemiyasi ortida butun dunyo bo‘ylab turistik safarlar soni qisqargani sababli turizm sohasi 2020 yilning birinchi yarmida 460 mlrd dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti bayonotida ma'lum qilindi.  

Foto : KUN.UZ

“2020 yilning yanvaridan iyuligacha bo‘lgan davrda xalqaro safarlarga talabning keskin pasayishi 460 mlrd dollar miqdoridagi foydaning yo‘qotilishiga olib keldi. Bu 2009 yilda jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida qayd qilingan ziyondan 5 marta ko‘proqdir”, deyilgan xabarda. 

Tashkilotda ta'kidlanishicha, birinchi yarim yillikda xalqaro sayyohlar soni davlatlarning koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun chegaralarni yopishi va cheklovlar kiritishi sababli 65 foizga qisqargan.

Pandemiyadan eng ko‘p Osiyo sayyohlik tarmog‘i jabr ko‘rgan. Bu yerda turistik oqim 72 foizga qisqargan. 2-o‘rinni Yevropa 66 foizlik qisqarish bilan egallagan. Afrika va Yaqin Sharqda sayyohlar soni 57 foizga, Amerikada esa 55 foizga qisqargan.

Mavzuga oid