Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga rais tayinlandi
Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi va rais o‘rinbosarlari tayinlandi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4825 qaroriga asosan Bahrom Sharipov Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimini egalladi.
O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4825 qaroriga asosan Behzodjon Yusupov Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4825 qaroriga asosan Sherzod Asadov Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Davlat rahbarining sentabr oyi boshida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi.
Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifasi etib belgilandi:
pillachilik va qorako‘lchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta'minlash;
tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat'iy hisobini yuritish va fondini o‘rganish, shuningdek, pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaxshilash;
ipak qurti va qorako‘l zotli qo‘ylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish;
pilla va qorako‘l terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda ipak va qorako‘ldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashish;
pillachilik va qorako‘lchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish.
Mavzuga oid
17:42 / 17.08.2023
Bahrom Sharipov qo‘mita rahbarligidan ketdi
18:31 / 20.07.2023
3 nafar hokim va yana 3 nafar mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda – Antikorrupsiya agentligi
15:58 / 12.06.2023
Davlat amaldorining “ipakdan to‘qilgan” biznes to‘ri. Soha shaxsiy tomorqaga aylantirilganmi?
12:31 / 19.10.2022