Jahon | 17:36 / 17.09.2020
5668
2 daqiqa o‘qiladi

JSST COVID-19 mavzusida bir-biriga zid bayonotlar berishni to‘xtatishga chaqirdi

 16 sentabr kuni prezident Donald Tramp AQShda aholi o‘rtasida COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinani keng miqyosda tarqatish oktyabrda boshlanishini ma'lum qilgandi.

Foto: Xinhua

“Turli mamlakatlar va ilmiy jamiyatlar vakillari koronavirus borasida bir-biriga zid bayonotlar berishni to‘xtatishi lozim”,- dedi JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Mayk Rayan.

U hukumatlar va ilmiy tashkilotlarni odamlar to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun batafsil va tushunarli ma'lumot taqdim etishga chaqirdi.

Rayanning qo‘shimcha qilishicha, bu jarayon "siyosiy futbolning o‘ziga xos ko‘rinishi"ga aylanib ketmasligi kerak.

The Guardian nashrining qayd etishicha, JSST vakili AQSh prezidenti Donald Tramp va kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) direktori Robert Redfildning bir-biriga zid bayonotlari bo‘yicha shu tarzda izoh bergan.

 16 sentabr kuni Tramp AQShda aholi o‘rtasida COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinani keng miqyosda tarqatish oktyabrda boshlanishi, 2020 yil oxirida 100 million doza vaksina tayyor bo‘lishini aytgandi. 

 Avvalroq esa Redfild AQSh senatidagi chiqishida vaksina Amerika jamoatchiligi uchun 2021 yilning ikkinchi choragi oxiri, uchinchi choragida chiqishini ma'lum qilgan.

 

Mavzuga oid