Yevroittifoqda o‘tgan sakkiz oyda avtomobillar savdosi 32 foizga kamaydi
Mintaqada avtomobil bozorida eng yuqori pasayish kuzatilgan mamlakatlar Ispaniya (-40,6 foiz), Italiya (-38,9 foiz), Fransiya (-32 foiz) va Germaniya (-28,8 foiz) bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqida yanvar-avgust oylarida avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga kamaydi.
Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (ACEA) ma'lumotlariga ko‘ra, YeI mamlakatlarida ro‘yxatga olingan yangi avtomobillar soni 6 mln 123 ming 852 donani tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 9 mln 2 ming 172 donaga teng bo‘lgan.
Mintaqada avtomobil bozorida eng yuqori pasayish kuzatilgan mamlakatlar Ispaniya (-40,6 foiz), Italiya (-38,9 foiz), Fransiya (-32 foiz) va Germaniya (-28,8 foiz) bo‘ldi.
YeIga a'zo 27 mamlakatdan yettitasi, jumladan Fransiya va Ispaniya iyulda mashinalarni ro‘yxatga olish o‘sganini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya, Islandiya va Norvegiyada savdo tiklanishi alomatlari ko‘zga tashlangandi.
Biroq avgustda avtomobil bozoridagi vaziyat yana yomonlashdi va YeIning barcha mamlakatlarida (Kiprdan tashqari) sotuv hajmi tushib ketdi.
Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida sotuv hajmi sezilarli pasaygan kompaniyalar Yaponiyaning Mazda (-45,7 foiz) va Honda (-39,9 foiz) hamda Britaniyaning Jaguar Land Rover (-40 foiz) kompaniyalari bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:37 / 15.11.2024
YeI birinchi marta qurolni birgalikda sotib olishni moliyalashtiradi
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024