Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Covid-19 bilan bog‘liq vaziyat tufayli iste'foga chiqdi
Chexiya bahorda virus tarqalishini jilovlay oldi, ammo hozir vaziyat keskinlashdi. O‘tgan juma kuni 3 130ta yangi holat aniqlandi, bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan qariyb mingtaga ko‘p.
Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex mamlakatda koronavirus tarqalishining yangi to‘lqini ortidan iste'foga chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Hozircha vazirlikni Voytexning o‘rniga kim boshqarishi to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.
Agentlikning qayd etishicha, Chexiya bahorda virus tarqalishini jilovlay oldi, ammo hozir vaziyat keskinlashdi. Xususan, o‘tgan juma kuni 3 130ta yangi holat aniqlandi, bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan qariyb mingtaga ko‘p.
Mahalliy OAVning ma'lumotlariga ko‘ra, Chexiya YeIda kasallikning kunlik o‘sishi soni bo‘yicha Ispaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda jami 49 290ta holat qayd etilgan, 503 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:54 / 19.11.2024
Chexiya yuzlab maktablardagi portlash tahdidlarida rossiyalik josuslarni aybladi
15:30 / 24.10.2024
Chexiya bosh vaziri: Ukraina uchun snaryadlar sotib olish rejaga muvofiq ketyapti
16:00 / 18.10.2024
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dorilarni sotib olishni davom ettiradi
13:52 / 02.10.2024