Samarqandda YPX inspektoriga 2 000 000 so‘m bermoqchi bo‘lgan «Captiva» haydovchisi ushlandi
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
2020 yil 24 sentabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining 6-km.da xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasini to‘xtatgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv vaqtida avtomashina haydovchisi, Toshkent shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan M. avtotransport vositasini ishonchnomasiz boshqarib kelayotganligini aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shu vaqtda haydovchi YPX inspektoriga avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga pora tariqasida 2 000 000 so‘m miqdorida pul taklif qilgan.
Shu kuni IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Oqdaryo tumani prokuraturasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro M. avtoturargoh qorovulxonasida YPX inspektoriga 2 000 000 so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024