Jahon | 15:30 / 29.09.2020
4508
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 1 milliondan oshdi

Eng ko‘p qurbonlar AQShda bo‘lib, u yerda 205 085 kishi vafot etgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha ham AQSh birinchi o‘rinda - 7,1 mln kishi.

Foto: Reuters

Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 1 milliondan oshdi. Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, kasallikdan 1 002 296 kishi vafot etgan.

Eng ko‘p qurbonlar AQShda bo‘lib, u yerda 205 085 kishi vafot etgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha ham AQSh birinchi o‘rinda - 7,1 mln kishi.

 O‘lim holatlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Braziliya turibdi — 142 058 o‘lim. Kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha mamlakat dunyoda uchinchi o‘rinda - 4,7 mln kishi.

 Hindiston qurbonlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda joylashgan - 96 318 o‘lim, kasallik yuqtirganlar 6,1 mln nafar.

 Dastlabki o‘ntalikdan, shuningdek, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya, Peru, Fransiya, Ispaniya va Eron joy olgan.

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 33 mln 384 mingdan oshgan.

 Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 2 milliondan oshishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga oid